O‘zbekiston nashriyoti
O‘zbekiston nashriyoti

O‘zbekiston nashriyoti

Nashriyot taqdimotlari

Nashriyot haqida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 16-martdagi «Noshirlik va matbaa sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» PQ-4640-son qaroriga asosan «Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi» hamda «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti» davlat korxonalarini qo‘shib olish orqali tashkil etilgan.
         Bugungi kunda «O‘zbekiston nashriyoti» davlat muassasasi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi tizimidagi yagona davlat nashriyoti hisoblanadi.

Bugungi kunda «O‘zbekiston» nashriyotida «Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar tahririyati» hamda «Bolalar va badiiy adabiyotlar tahririyati» mavjud. Ularda uzoq yillik tajribaga ega, malakali muharrirlar, musahhihlar, rassom va dizaynerlar faoliyat yuritmoqdalar.

Nashriyotda har yili o‘rtacha 150 nomdan ortiq kitoblar nashrga tayyorlanib, jami 300 ming nusxadan ortiq adadda chop etib kelinmoqda. Jumladan, yil davomida muhim sana va tadbirlarga bag‘ishlangan kitob-albomlar, jahon adabiyotidan tarjima asarlar, o‘zbek adiblarining sara asarlaridan iborat badiiy kitoblar, bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan adabiyotlar, ensiklopedik hamda ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar nashrga tayyorlanadi.

Asosiy ma'lumotlar

Manzil

100129,Toshkent sh., Shayxontohur tumani, Navoiy ko‘chasi, 30-uy

Ish vaqti