Loyiha haqida

«Bitik» — bilim va ma’rifatning yagona raqamli makoni

Kitoblar, kutubxonalar, nashriyotlar va ma’rifiy resurslarni yagona raqamli makonda birlashtirish, aholining bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan platforma.

Toshdan ekrangacha

Qadimgi turkiy yozuvda

  1. 𐰋b
  2. 𐰃i
  3. 𐱅t
  4. 𐰃i
  5. 𐰏g

O‘ngdan chapga o‘qiladi

bitig

Nom ortidagi meros

«Bitik» so‘zi qayerdan?

«Bitik» so‘zi qadimgi turkiy tildagi bitig so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, quyidagi ma’nolarni anglatadi:

  • 01«yozuv»
  • 02«bitik»
  • 03«kitob»
  • 04«yozma hujjat»

Qadimgi turkiy yozma yodgorliklarda qo‘llangan ushbu atama xalqimizning yozuv, ilm va ma’rifat bilan bog‘liq tarixiy merosini ifodalaydi. Platformaning «Bitik» deb nomlanishi ham ana shu ma’naviy merosni zamonaviy raqamli imkoniyatlar bilan uyg‘unlashtirish g‘oyasiga asoslanadi.

Ismingizni ham bitikda ko‘ring

Toshdan ekrangacha

Bitikning 13 asrlik yo‘li

«Bitik» so‘zining tarixiy ildizlari turkiy xalqlarning eng qadimiy yozma yodgorliklari — O‘rxun–Enasoy bitiklari bilan bevosita tutashadi.

  1. O‘rxun–Enasoy bitiklari
    VIII asr

    O‘rxun–Enasoy bitiklari

    Kultegin, Bilga xoqon va To‘nyuquq yodgorliklari turkiy xalqlarning davlatchilik tarixi, dunyoqarashi, tili va ma’naviy qadriyatlarini bugungi kungacha yetkazib kelayotgan bebaho manbalardir. Toshga o‘yib yozilgan bu bitiklarda tarixiy voqealar bilan birga xalqni birlikka, ogohlikka, aql va tafakkurga chorlovchi fikrlar ham muhrlangan.

    • Kultegin
    • Bilga xoqon
    • To‘nyuquq
  2. Ajdodlarimiz uchun yozuv nafaqat axborotni qayd etish, balki bilim va hayotiy tajribani kelajak avlodlarga yetkazish vositasi bo‘lgan.
  3. «Irq bitig» qo‘lyozmasi
    IX–X asrlar

    «Irq bitig» qo‘lyozmasi

    «Bitik»ning kitob ma’nosida qo‘llanilganiga yana bir yorqin dalil — IX–X asrlarga mansub deb qaraladigan qadimgi turkiy «Irq bitig» qo‘lyozmasidir. Bu asarning nomidayoq «bitig» so‘zi «kitob» ma’nosida ishlatilgan.

    • Qo‘lyozma
    • «bitig» = kitob
  4. «Bitik» raqamli platformasi
    Bugun

    «Bitik» raqamli platformasi

    O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tashabbusi bilan dastlab «Bank va Ma’rifat» nomi ostida shakllangan loyiha bugungi kunda «Bitik» nomi bilan rivojlantirilmoqda. Uning asosiy maqsadi sifatli adabiyotlardan foydalanishni osonlashtirish, kitoblarni izlash, o‘qish va xarid qilish imkoniyatlarini birlashtirishdan iborat.

    • Markaziy bank tashabbusi
    • «Bank va Ma’rifat» → «Bitik»

Shunday qilib, «bitik» tushunchasi toshga o‘yilgan yozuvlardan qog‘ozga bitilgan kitoblargacha bo‘lgan uzoq tarixiy taraqqiyotni o‘zida birlashtiradi.

Kitob va kutubxonalar yagona tizimda

Mahalla kutubxonalari raqamlashtirilmoqda

Yagona tizim

Kitob va kutubxonalar yagona tizimda

Platformada kitoblar, ularning mualliflari, nashrlari hamda kutubxonalar va savdo nuqtalaridagi mavjudligi haqidagi ma’lumotlarni jamlash ko‘zda tutilgan.

  • Kitoblar va mualliflar
  • Nashrlar
  • Kutubxonalar
  • Savdo nuqtalari

Loyihaning muhim yo‘nalishlaridan biri tijorat banklari va mahalliy hamjamiyatlar hamkorligida tashkil etilayotgan mahalla kutubxonalarini xatlovdan o‘tkazish va raqamlashtirishdir. Bu orqali kutubxonalarning manzillari va kitob fondlarini yagona tizimda aks ettirish, foydalanuvchilarga o‘ziga yaqin kutubxonani topish imkoniyatini yaratish rejalashtirilgan.

Yaqin kutubxonani topish

Hamkorlik

Banklar va nashriyotlar hamkorligi

«Bitik» doirasida tijorat banklari va nashriyotlar o‘rtasida hamkorlik rivojlantirilmoqda.

  • Bank

    InfinBANK

    Nashriyot

    «Yangi asr avlodi»

  • Bank

    Xalq banki

    Nashriyot

    «Asaxiy Books»

  • Bank

    O‘zsanoatqurilishbank (SQB)

    Nashriyot

    «Mutolaa» loyihasi va «UzSARMAX»

  • Bank

    Mikrokreditbank

    Nashriyot

    «Ijod nashr»

  • Bank

    Anorbank

    Nashriyot

    «Farangeyt Press»

Mazkur hamkorlik yangi adabiyotlarni nashr etish, ommalashtirish va kitobxonlarga yetkazishga qaratilgan.

Istiqbol

Raqamli imkoniyatlar va istiqboldagi rejalar

Platformada mutolaa faoliyatini aks ettiruvchi shaxsiy portfel, bilim sinovlari va rag‘batlantirish tizimi, shuningdek, kitoblarni xarid qilish, sovg‘a qilish va tarjimalarni jamoaviy moliyalashtirish imkoniyatlari ko‘zda tutilmoqda.

  • Rejada

    Shaxsiy ma’rifiy portfel

    O‘qigan kitoblaringiz va mutolaa faoliyatingiz bir joyda aks etadi.

  • Rejada

    Bilim sinovlari

    O‘qigan kitoblaringiz bo‘yicha bilimingizni sinab ko‘rasiz.

  • Rejada

    Rag‘batlantirish tizimi

    Faol kitobxonlik munosib rag‘batlantiriladi.

  • Rejada

    Onlayn xarid

    Kitoblarni platformaning o‘zida onlayn xarid qilish.

  • Rejada

    Kitob sovg‘a qilish

    Kitobni yaqinlaringizga sovg‘a sifatida yuborish.

  • Rejada

    Jamoaviy moliyalashtirish

    Kitobxonlar tashabbusi bilan xorijiy adabiyotlarni tarjima qilish va nashr etish.

«Bitik» yozma merosimiz va zamonaviy texnologiyalarni birlashtirib, kitob, bilim va ma’rifatni har bir inson uchun yanada yaqin va qulay qilishga xizmat qiluvchi raqamli makondir.