Noshir Plus
Noshir Plus

Noshir Plus

Nashriyot haqida

“Noshir Plus” MChJ — 2025-yil 23-aprelda Toshkent shahrida tashkil etilgan zamonaviy nashriyot boʻlib, biz ilmiy-ommabop, taʼlimiy va non-fiction adabiyotlar hamda jamiyat rivojiga xizmat qiladigan foydali kitoblarni chop etamiz. Shu qisqa vaqt ichida 10 dan ortiq salmoqli asarlarni kitobxonlarga taqdim etdik. Nashriyotimiz kitob yaratishning toʻliq siklini professional darajada amalga oshiradi: xalqaro nashriyotlardan litsenziya va mualliflik huquqlarini olish, ularni mahoratli va mutaxassis tarjimonlar orqali sifatli oʻgirish hamda tahrir, sahifalash va eksklyuziv dizayn ishlarini yuqori saviyada bajarish shular jumlasidandir.

Ahamiyatli loyihalarimizdan biri — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tashabbusi bilan yoʻlga qoʻyilgan «Moliyaviy bilimlar» turkumidir. Ushbu hamkorlik doirasida dunyoga mashhur uchta quyidagi fundamental asar kitoblari oʻzbek tiliga oʻgirildi, yuqori sifatda chop etildi hamda kelishuvga muvofiq Markaziy bankka topshirildi:

1. Macmillan Learning (Worth Publishers) litsenziyasi boʻyicha N. Gregory Mankiwing «Makroiqtisodiyot» (12-nashr).

2. W. W. Norton & Company litsenziyasi boʻyicha Hal R. Varian hamda Marc J. Melitzning «Mikroiqtisodiyot: Zamonaviy yondashuv» (10-nashr).

3. Princeton University Press litsenziyasi boʻyicha Peter Conti-Brownning «Federal zaxira tizimining qudrati va mustaqilligi».

Biz tijorat banklari va moliya muassasalari bilan serahsul hamkorlik tajribasiga egamiz hamda yangi strategik sheriklarga har doim ochiqmiz.

2027-yilgacha moʻljallangan maqsadimiz — kamida 30 ta yangi kitobni nashr etish boʻlib, bular orasida mahalliy mualliflarning sara asarlari, jahon bestsellerlarining saralangan tarjimalari hamda hamkorlarimiz buyurtmasi boʻyicha tayyorlanadigan maxsus nashrlar oʻrin oladi.

Asosiy ma'lumotlar

Manzil

Toshkent shahri, Mirobod tumani, Taras Shevchenko koʻchasi, 34-uy

Ish vaqti