Bank yangiliklari

Tez va bexato yozadiganlar taqdirlandi

Markaziy bankda “Oʻzbek tilida tez va bexato yozish” musobaqasi gʻoliblari taqdirlandi.

1 daqiqalik o'qish0

🇺🇿 21-oktyabr kuni oʻzbek tili bayrami munosabati bilan Markaziy bank xodimlari oʻrtasida “Oʻzbek tilida tez va bexato yozish” musobaqasining yakuniy bosqichi oʻtkazildi.

✔️ Mazkur musobaqaning dastlabki saralash bosqichida 150 ga yaqin xodimlar ishtirok etishgandi. Ulardan 16 nafar eng yaxshi natija qayd etgan ishtirokchilar yakuniy bosqichda kuch sinashishdi.

🏆 Yakunda quyidagi 3 nafar gʻolib diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanishdi:
🥇 Shoxrux Salimov — Axborot texnologiyalari departamenti;
🥈 Bobur Nurmanov — “CERT-CBU” kiberxavfsizlik markazi;
🥉 Shohrux Xolmurodov — Inson resurslarini boshqarish departamenti.

📚 Shuningdek, 4- va 5-oʻrin sovrindorlari hamda yakuniy bosqichga chiqqan barcha ishtirokchilarga kitoblar toʻplami sovgʻa qilindi.

0

O'xshash yangiliklar

Tez va bexato yozadiganlar taqdirlandi — Bank va Ma’rifat