Kitoblar va moliyaviy bilimlar

Mahalla kutubxonalari respublika bo‘ylab tashkil etilmoqda

Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan ilk Kitob karvoni 12 viloyatdagi mahalla kutubxonalariga 1000 donadan kitob olib yo‘lga chiqdi.

1 daqiqalik o'qish0

Do’stlar, loyihamizda yana bir katta qadam tashlandi!

🏷️ Mahalla kutubxonalarini Respublikamiz bo’ylab tashkil etishni boshladik.
📚 Yurtimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan kuni kecha viloyatlar tomon ilk KITOB KARVONI yo’lga tushdi.
Unda 12 viloyatda tashkil etilgan bir necha mahalla kutubxonalariga 1000 donadan kitob yetkazib berish ko’zda tutilgan.

Respublika bo’ylab mahalla kutubxonalarini tashkil qilishda yirik davlat tashkilotlari:

🏦O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki
🌍O’zbekiston mahallalari uyushmasi
📚Milliy kutubxona hamda
🇺🇿Yoshlar ishlari agentligi

hamkorlikda ish olib bormoqda. Quyida bugun-erta ochilishi rejalashtirilgan mahalla kutubxonalari ro’yxati va joylashuvi haqida ma’lumot olishingiz mumkin:

📍Andijon - Shahrixon tumani - Beshmahalla MFY
📍Farg’ona - Yozyovon tumani - Qoratepa MFY
📍Namangan - Chortoq tumani - Guldirov MFY
📍Toshkent viloyati - Ohangaron tumani - Qiziloy MFY
📍Jizzax - Zomin tumani - G’.G’ulom MFY
📍Samarqand - Nurobod tumani - Nurbuloq MFY
📍Qashqadaryo - Ko’kdala tumani - Qumdaryo MFY
📍Surxondaryo - Boysun tumani - Boshrobot MFY
📍Qoraqalpog’iston Respublikasi - To’rtko’l tumani - Paxtachi MFY
📍Xorazm - Yangibozor tumani- Bog’olon MFY
📍Navoiy - Qiziltepa tumani - Azizobod MFY
📍Buxoro - Olot tumani - Katta Bayot MFY

Agar Siz ushbu mahallalarda yoki u yerga yaqin manzillarda istiqomat qilsangiz, albatta kutubxonalarga boring, Sizlar uchun yuborilgan rang-barang va qiziq kitoblarimiz bilan tanishib chiqing va albatta fikrlaringizni biz bilan bo’lishing!

🏷️ Mahalla kutubxonasi – Sizning kutubxonangiz

0

O'xshash yangiliklar

Mahalla kutubxonalari respublika bo‘ylab tashkil etilmoqda — Bank va Ma’rifat