Kitoblarni kutib oling!

1 daqiqalik o'qish0

🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan ajoyib xushxabar: 12 ta viloyatda “Mahalla kutubxonasi” loyihasi doirasida ochilishi rejalashtirilayotgan kutubxonalariga 35 000 dona badiiy kitob yuborildi!

✨ Tasavvur qiling, har bir kitob — bitta yangi sarguzasht, yangi tajriba, muallif bilan yakkama-yakka suhbat degani. Hududlardagi yoshlarimiz endilikda jahon va o‘zbek adabiyotining sara namunalari bilan bevosita o‘z mahallalarida tanishish imkoniga ega bo‘lishdi.

🏷️ Kutubxonalarimiz doim gavjum, kitobxonlarimiz esa yanada ko‘payishiga tilakdoshmiz. Mahallangizdagi kutubxonaga kirib, yangi asarlarni kashf etishni unutmang!

📍 Kutubxonalar joylashuvi bilan tanishing

@bitikonline — birgalikda yaxshiroq
0

O'xshash yangiliklar