Kitoblar va moliyaviy bilimlar

Jon Kassidi — “Bozorlar qanday qulaydi?”

Iqtisodiy nazariya tarixi va 2008-yilgi inqirozga bagʻishlangan kitob oʻzbekchaga oʻgirilmoqda.

1 daqiqalik o'qish3

❓ Rostan ham, bozorlar qanday qulaydi? Har qalay, gap qurilish sifati haqida emas. Bu savolga mazkur kitobdan javob topish mumkin.

➡️ Britan-amerikalik jurnalist Jon Kassidi “The New Yorker”, “New York Post” va “Sunday Times” nashrlarida faoliyat yuritadi. Kolumbiya universitetida jurnalistika yoʻnalishida, Nyu-York universitetida iqtisodiyot boʻyicha tahsil olgan.

✔️ Kassidining “Bozorlar qanday qulaydi?” kitobi iqtisodiy nazariya tarixini oʻrganadi, yaqin yillarda bozorlarning oʻsishi va qulashini tahlil qiladi. Xususan, 2008-yildagi koʻchmas mulk narxlari pufagi va kredit inqirozida bozorlar muhim rol oʻynaganini tushuntiradi.

🏦 Asar “Moliyaviy bilimlar” turkumida oʻzbek tiliga oʻgirilmoqda.

3

Teglar

Moliyaviy bilimlar

O'xshash yangiliklar

Jon Kassidi — “Bozorlar qanday qulaydi?” — Bank va Ma’rifat