Qiziqarli

29-dekabr — Ingliz-Amerika qarz shartnomasi tugatilgan kun

Britaniya AQShdan olgan urushdan keyingi qarzini 2006-yil 29-dekabrda butkul uzgan edi.

1 daqiqalik o'qish1

✅ Ikkinchi jahon urushini gʻoliblar qatorida yakunlasa-da, Britaniya iqtisodiyotni saqlab qolish uchun AQShdan yordam olishga majbur bo‘ladi.

🎤 Muzokaralarda mashhur iqtisodchi Jon Meynard Keyns faol qatnashadi. Keyns AQShdan grant olishga umid qilgandi, biroq amerikaliklar faqatgina qarz berishga rozi bo‘lishdi.

✅ 3.75 milliard AQSh dollari miqdoridagi qarz 50 yil muddatga yillik 2% stavka asosida taqdim etiladi. Bu o‘sha davr uchun juda katta summa hisoblangan.

📝 Ammo inglizlar turli iqtisodiy qiyinchiliklar sabab, qarzni bundan 19 yil avval ayni bugungi sanada — 2006-yil 29-dekabrda butkul uzishga muvaffaq bo‘lishdi.

✔️ Sababi 29-dekabr oʻsha yilning oxirgi bank ish kuniga to‘g‘ri kelgan. Sizda ham keyingi yilga o‘tishini istamagan qarzingiz bo‘lsa, ertaga — oxirgi bank ish kunida to‘lash yodingizdan ko‘tarilmasin!

1

Teglar

Moziyda bugun

O'xshash yangiliklar

29-dekabr — Ingliz-Amerika qarz shartnomasi tugatilgan kun — Bank va Ma’rifat