Kitobxonlar tanlovi

ZUMRAD VA QIMMAT

Bolalik – begʻubor fasl. Bu faslga dard-u tashvish, armon-u qaygʻular begonaidir. Odam bolasi oʻsha shaffof mavsumda shirin orzu-umidlar ogʻushida yashaydi, dunyoning tilsimlarini, ezgulik va yovuzlik kurashi mazmunini yechishga intiladi. Xuddi shu chogʻda bolalarning sevimli mashgʻuloti ertak tinglash boʻladi. Ogohdonma oʻringa yotish oldidan yoki qahraton qishning uzun tunlarida bolangiz zerikib, Sizdan ertak aytib berishni soʻrasa, bu maroqli mashgʻulotni hech paysalga solmang. Negaki, ertaklar bola tarbiyasida, dunyoqarashining shakllanishida katta ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, ularning soʻz boyligini, nutqini boyitadi, oʻylashga, fikrlashga chorlaydi. Bu qadim dunyoning inoyatjon qirralarini bolalar murqʻak idroklariga oʻzlaricha talqin qiladilar, oʻz mulohazalarini tengqurlari bilan oʻrtoqlashadilar. Oqibatda, ular koʻnglida ezgulik urugʻi nish uradi. Bu ham boʻlsa ertaklar sir-u sehridan dalolatdir. Muxtasar qilib aytganda, ertak xuddi ona allasidek yoqimli, shirinidir. Shu bois bolalik chogʻlarida idrokka mahkam oʻrnashgan ertaklar uzoq yillar mobaynida inson xotirasini tark etmaydi. Jahonning boshqa xalqlari kabi oʻzbek xalqi ham oʻz ertaklariga boy. Oʻzbek xalq ertaklarida millatimizga xos rahm-shafqat, zukkolik, mehmondoʻstlik, rostgoʻylik, saxiylik kabi oʻnal fazilatlar ustuvordir. Ertaklarimiz bolajonlarimizning pok koʻngluga toza suvdak shildirab kiradi, ular ongini musiqqa yangligʻ chulgʻab oladi. Shu jihatdan qaralganda oʻzbek xalq ertaklarini maʼnolar xazinasiga oʻxshatish mumkin. „Zumrad va Qimmat“ nomli ertaklar kitobi ana shu xazinadan olingan bir hovuch hikmat majmuasidir. Oʻylaymizki, bu kitob bolalarning doimiy hamrohiga aylanadi, ularni ezgulik sari yetaklashga xizmat qiladi.

0 ta kitobxon bu asarni saqlab qo‘yishgan
0 ta kitobxon bu asarni o‘qib qaytargan
Til
O'zbek
Nashriyot
O'qituvchi
Nashr joyi
Toshkent
Sahifalar soni
180
Adadi
10000
ISBN
9789943222281
Asarning yaratilgan yili
2018

Janrlar