

Yuzma-yuz
Chingiz Aytmatovning ijodiy kitoblari oʻziga xosligi, oʻzini kashf etadi, oʻzidagi yashirin isteʼdodni — hamdardlik, odamiylik isteʼdodini yuzaga chiqaradi. Agar baʼzi-baʼzida shu hol yuz beradigan boʻlsa, demak, kitob oʻz ishini bajaribdi — boshqalarning fikri, tuygʻusi, orzusi va xatti-harakatiga aylanibdi. Demak, oʻquvchilarning in- tilish va irodasi bilan nimalardir qila oladi — xalq, hayot va dunyoni yaxshi tomonga silita biladi. Haqiqatdan ham Chingiz Aytmatov inson tuygʻularini zabt eta olgan yozuvchi. Uning har bir kitobi noyob sanʼat asari. Shuning uchun ham ijodkor dunyoning sevib oʻqiladigan toʻla adiblaridan biridir. Uning yozganlari bugun yo ertaga oʻqiladigan asarlar emas, ular asriy asarlar, ularni qaysi zamonda oʻqisha ham, xuddi oʻsha vaqtning oʻzida bitilgandek oʻqiladi. Yozuvchining bir gapi bor: «Men barchaga — gʻaribliklarga ham, sharqliklarga ham birday ka- atoli mavzularga qoʻl urishni istayman». Bizningcha, bu fikrning yoniga «barcha zamonlarga taalluqli» jumlasini ham qoʻshib qoʻy- sak, u yanada toʻliqroq boʻladi. Oʻz ijodiy tajribamda ilk bor ancha ilgari nashr etil- gan asarimga qaytmoqchiman. «Yuzma-yuz» qissasi oʻttiz yillar muqaddam yozilgandi. Sirasini aytganda, ushbu chogʻroqqina asar bilan mening ijodiy yoʻlim boshlangan. Agar u hozirgi kitobxon uchun aziz boʻl- gan qandaydir maʼno-mazmunni oʻzida saqlagan boʻl- sa, fikrimcha, bu eng avvalo shuni koʻrsatadiki, bu asar yuragim tubidan sizib chiqqan ekan. Men unga oʻsha paytda anglab yetgan hayotiy tajribamni joylashga urindim, zero mening oʻspirinlik va yoshlik chogʻlarim urush va undan keyingi ilk yillarga toʻgʻri kelgandi. Oʻn toʻrt yoshimda ovul sovetida kotiblik qildim, soʻng so- ligʻliq oʻvchi boʻldim. Bularning hammasi katta sinov tariqasida mendan, mening murgʻak ruhiyatimdan sizib oʻtdi. Men odamlarni oʻsha urush va urushdan keyingi yillardagi ogʻir vaziyatlarda kuzatdim va oʻzim ham chekimga tushgan nasibamni totdim. Bugun oʻtmishni yodga olish shart emasdek, lekin hozir guvohi boʻlayotganimiz ijtimoiy koʻtarilishdan keyin men bunda biz uchun avval taʼkidlangan ijodiy qopqalamni ochib yuborgan qayta qurish va oshkoralik- ni koʻzda tutmoqdaman, biz oʻsha paytlari adabiy po- lizlardan juda kam hosil koʻrganimizni anchayin aniq koʻrib qoldi. Ha, koʻp narsa taqiqlangandi, koʻp narsa bir yoqlama talqin qilinardi, aytaylik, urushni, urush paytidagi odamni qanday tasvirlash kerakligi haqida- gi oʻrnashgan qatʼiy nuqtayi nazarlar mavjud boʻlib – biz axir gʻolibmiz – demak, adabiy qahramon ham faqat gʻalaba ruhida boʻlishi kerak. Ammo hayotda bunday emas edi, balki unda shunday narsalar ham boʻlganki, ularni yozish qiyin, baʼzan esa halokatli edi.
Xususiyatlari
- Til
- O'zbek
- Nashriyot
- Tafsir books
- Nashr joyi
- Toshkent
- Sahifalar soni
- 144
- Adadi
- 3000
- ISBN
- 9789910929236
- Asarning yaratilgan yili
- 2024