

Yangi Özbekiston — Taraqqiyot strategiyasi
Eʼtiboringizga havola qilinayotgan uşbu kitobda bugungi kunda yurtimizda Yangi Özbekiston va Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş borasida amalga oşirilayotgan tub özgariş va islohotlarning maqsadi, mazmun-mohiyati hamda ustuvor yönalişlari, mamlakatimizning zamonaviy demokratik qiyofasi qanday yaratilayotgani, davlatimizni yangi rivojlaniş bosqiçiga kötariş uçun belgilab olingan strategik yöl, milliy taraqqiyotimiz istiqbollari haqida atrofliça fikr yuritilgan. 2021-yil 24-oktabrda bölib ötgan Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida xalqimiz faol iştirok etib, özining yuksak siyosiy-huquqiy ongi va madaniyatini namoyon etdi. Saylov natijalari mamlakatimizning mustaqil, suveren rivojlaniş va demokratik islohotlar yölidan dadil ilgarib borayotgani, Yangi Özbekiston taraqqiyot strategiyasi el-yurtimiz tomonidan keng qöllab-quvvatlanayotganini yana bir bor tasdiqladi. Kitobning uşbu naşrida saylov oldi uçraşuvlari paytida xalq bilan muloqot jarayonida örtaga taşlangan muhim fikr-mulohazalar, taklif va taşabbuslar, bugungi taraqqiyotimiz va istiqbol rejalariga oid xulosalar ham öz aksini topgan. Mazkur kitob xalqimizni Yangi Özbekiston ğoyasi atrofida yanada jiplaştirib, bu yölda oldimizda turgan ulkan vazifalarni bajarişga safarbar etişiga xizmat qiladi, deb işonamiz.
Xususiyatlari
- Til
- Özbek
- Naşriyot
- Özbekiston
- Naşr joyi
- Toşkent
- Sahifalar soni
- 440
- Adadi
- 5000
- ISBN
- 9789943795167
- Asarning yaratilgan yili
- 2022