Uyqu qochganda
Uyqu qochganda
Kitobxonlar tanlovi

Uyqu qochganda

XX asr oʻzbek adabiyotining yirik vakillaridan biri Asqad Muxtor ijodi serqirra va rang-barangligi, falsafiyligi bilan nafaqat adabiyotshunoslar, balki faylasuflarni ham oʻziga jalb etib kelmoqda. Zero, adibning merosini falsafiy-estetik jihatdan tadqiq etish adabiyot uchun ham, estetika uchun ham birdan bir ahamiyat kasb etadi. Adib hayotni falsafiy anglash, ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik, sevgi va nafrat, goʻzallik va xunuklik, ulugʻvorlik va tubanlik kabi axloqiy-estetik tushunchalarning mohiyatini chuqur tushunishi, ular haqida oʻz xulosalariga egaligi ayniqsa uning “Tundaliklar” asarida yaqqol namoyon boʻladi. “Tundaliklar” – muallifning tungi kechinmalari, fikr mulohazalari mahsuli. Ular yagona gʻoyaviy-falsafiy yoʻnalishga ega emas, ammo yozuvchining bedor qalbi, uygʻoq tafakkuri, tugʻyonli kechinmalari – barchasi mushtarak moʻjizalar – Odam va Olam bagʻridagi sir-sinoatlardan darak beradi, kitobxonni teran xayolga toldiradi. Asqad Muxtor – dunyo hikmatlarini moʻjizalar tarzida tuya oladigan va shuning monand ifoda qila oladigan qalamkash edi. “Tundaliklar” uning yorqin isbotidir. Shuningdek, ushbu kitobdan adibning adabiyot va ijod, sanʼat va tarjimonlikda oid, oʻziga zamondosh aloqli ijodkorlar haqidagi maqolalar hamda yozuvchi, ijodkorlarning Asqad Muxtor haqidagi samimiy fikrlari oʻrin olgan.

0kitobxon saqlab qo‘ygan
0kitobxon o‘qib qaytargan

Xususiyatlari

Til
O'zbek
Nashriyot
Oltin Qalam
Nashr joyi
Toshkent
Sahifalar soni
128
Adadi
3000
ISBN
9789910750458
Asarning yaratilgan yili
2024