ULOQDA
ULOQDA
Kitobxonlar tanlovi

ULOQDA

Soʻzimizning oxirida odil sudlardan soʻrayman: garchi men turli boʻhton, shaxsiyat va soxtalar bilan ikkinchi oqlanmaydurgʻon boʻlib qoralandim. Loaqal, ularning — qoralovchi qora koʻzlarning — koʻngli uchun boʻlsa ham menga eng oliy boʻlgʻon jazoni bera koʻringiz. Koʻnglida shamsi gʻuboroti, teskarichilik maqsadi boʻlmagʻon sodda, vijdonli yigitga bu qadar xoʻrlikdan oʻlim tanisiqroqdir. Bir necha shaxslarning orzusi-cha maʼnaviy oʻlim bilan oʻldirildim. Endi jismoniy oʻlim menga qoʻrqinch emasdir. Odil sudlardan men shuni kutaman va shuni soʻrayman". 1926-yil 15-iyun, Samarqand. (Abdulla Qodiriyning suddagi nutqidan.) Oʻzbekiston xalq yozuvchisi, oʻzbek romanchiligining asoschisi Abdulla Qodiriyning asarlarini oʻqir ekansiz, darhaqiqat, adibning qoʻrqmasdan, haqiqatni ayta olganiga, oʻz davrining muammolarini koʻtarib chiqqaniga, guvoh boʻlasiz. Adib ushbu toʻplamdan oʻrin olgan hikoya, ocherk va hajviyalarida asosan oʻz davrining muammolarini koʻtarib chiqqan. Masalan, "Uloqda", "Juvonboz", "Tinch ish" hikoyalarida insonni hamisha aql-u idrok bilan ish tutishga undaydi, behuda narsalarga umrni sarflamay, maʼrifatga, maʼnaviy yuksalish va madaniy turmushga intilib yashash gʻoyasini ilgari suradi. Marhamat, zavqlanib oʻqing.

Xususiyatlari

Til
O'zbek
Nashriyot
Oltin Qalam
Nashr joyi
Toshkent
Sahifalar soni
128
Adadi
2000
ISBN
TMP-057F36DA
Asarning yaratilgan yili
2024