

TINGLA, BULBUL
Zulfiya XX asr oʻzbek sheʼriyati osmonida chaqnab chiqqan Zuhro yulduzidir. Shoiraning yoqimli lirik soʻzlari oʻzbek, sheʼriyati navolari orasida yaqqol ajralib turadi, koʻngillarga yorqin ruh bagʻishlaydi, nur ulashadi. Oʻzbek ayolining boy va rang-barang ichki dunyosi, ayol erki, ayol qalbi, sadoqat va vafo, visol va hijron, pok sevgi, yorugʻ muhabbat, sevkilk yor nasiblari va iztiroblari, ona baxti va armonlari shoira ijodining hayotbaxsh sarchashmalaridir. Uning jahon minbarlaridan yangragan She'ri Sharq ayolining aql-u zakosi, fazl-u kamolining yorqin ifodasi sifatida millionlab sheʼriyat muxlislariga odamiylik, muhabbat va sadoqatdan saboq bergan. Ushbu kitobda ardoqli shoiramizning Sizga manzur sheʼrlari jamlandi.
Xususiyatlari
- Til
- O'zbek
- Nashriyot
- Kamalak-press
- Nashr joyi
- Toshkent
- Sahifalar soni
- 104
- Adadi
- 3000
- ISBN
- TMP-C9A3D38E
- Asarning yaratilgan yili
- 2019