Kitobxonlar tanlovi

Sherlok Xolms va doktor Uotsonning sarguzashtlari

Artur Konan Doylning «Yoʻqolgan dunyo», «Zaharlangan mintaqa», «Dahshat vodiysi» kabi asarlari nafaqat Yevropada, balki butun dunyoda mashhur. Va ayni paytda yurtimiz kitobxonlariga ham yaxshi tanish. Bu toʻplamda yozuvchining detektiv, ilmiy fantastika, sarguzasht asarlaridan saralab olingan, hayotiy dalillarga boy hikoya va qissalari joy olgan. Charlz Baskervillning gʻaroyib tarzda oʻldirilishi odamlarni dahshatga soladi. Hamma ulkan mulk sohibining fosiq ajdodlari aybi uchun jazo sifatida botqoq tubidan chiqqan dahshatli it haqida turli vahima gaplarni aytishadi. Xonaki itlardan mutlaqo farq qiladigan, salobati oʻrmon qora ayigʻini eslatadigan, bir oilaning iziga tushgan Baskervillar iti insonlar kabi xufyona ish tutadi. Faqat bugina emas, mashhur izquvarlar Sherlok Xolms va doktor Uotsonning qator jinoiyatlarni fosh qilishdagi bir-biridan qiziqarli sarguzashtlarini mazkur kitobdan bilib olishingiz mumkin. 1920-yilda «Baskervillar iti» nomi bilan nashr etilgan mazkur asar kitobxonlar iltimosiga koʻra qayta chop etilmoqda.

0 ta kitobxon bu asarni saqlab qo‘yishgan
0 ta kitobxon bu asarni o‘qib qaytargan
Til
O'zbek
Nashriyot
Янги аср авлоди
Nashr joyi
Toshkent
Sahifalar soni
388
ISBN
9789943273634
Asarning yaratilgan yili
2015