

Shaxsiy xona
Ingliz adibasi Virjiniya Vulfning "Shaxsiy xona" esse-qissasi 1929-yilda nashr qilingan. Asarda u ayollar shaxsiy fikrini, o'zligini erkin ifoda etolmasligi sabablarini ijtimoiy, tarixiy taʼlimda oʻrganadi. Adibaning fikricha, ayollarda isteʼdod bor, ammo sharoit va imkoniyat yetishmaydi. Agar ularda imkoniyat, mablagʻ va erkinlik boʻlsa, oʻzlarini toʻla namoyon etishlari mumkin. Vulf oʻzidan avvalgi adibalar – Jeyn Ostin, opa-singil Bronteylar, Jorj Eliot kabi ijodkorlarning asarlariga toʻxtaladi, ular yashagan davr muhitini tahlil qiladi. Mazkur esse-qissa nafaqat adabiyotda, balki hayotda oʻrnini topish, muvaffaqiyatga erishmoqchi boʻlgan insonlar uchun yozilgan, ayol va ijod masalasi chuqur, yuksak badiiyatda qalamga olingan mashhur asar sifatida sizni qiziqtirishiga ishonamiz. Asar "Ahon adabiyoti" jurnali tahririyati bilan hamkorlikda nashrga tayyorlandi.
Xususiyatlari
- Til
- O'zbek
- Nashriyot
- Янги аср авлоди
- Nashr joyi
- Toshkent
- Sahifalar soni
- 192
- Adadi
- 3000
- ISBN
- 9789910790522
- Asarning yaratilgan yili
- 2024