SAN'ATKOR
SAN'ATKOR
Kitobxonlar tanlovi

SAN'ATKOR

Abdulla Qahhor oʻzbek hikoyachiligini zamonaviy jahon hikoyachiligi darajasiga koʻtardi va oʻzbek realistik hikoyachiligining asoschisi degan nom oldi. Uning hikoyalari, birinchi navbatda, samimiyligi, ishonitirsh kuchi bilan kishini hayratda qoldiradi. Yozuvchi tasviridagi hamma narsa hayot hodisasi, aynan boʻlib oʻtgan voqea, real hayotning bir boʻlagi, epizodi boʻlib gavdalanadi. Hikoyalarning koʻpchiligi real hayotiy asosga ega, ular adibning turmushida oʻzi koʻrgan, eshitgan hodisalardan, tanish kishilar hayotidan olingan. Biroq ular hayotning aynan nusxasi emas. “Agar yozuvchilik turmushdan nusxa koʻchirishdan iborat boʻlsa, dunyoda bundan oson ish boʻlmas edi, — deydi adib. — Hayotdan ayanvan koʻchirish kitobdan koʻchirishday gap. Nusxa nusxa boʻlib qolaveradi. Bunday narsalardan originallik kutib boʻlmaydi. Originallik hayot haqiqatini dildan oʻtkazish, uni his qilish, angqa oʻylab yurgan gaplarini singdirish, tilaklaringni qoʻshib ifodalash bilan yuzaga keladi”. “Abdulla Qahhorning shunday hikoyalari borki, ularni jahon novellistik adabiyotining eng yaxshi namunalaru bilan bir qatorga qoʻyish mumkin”, — deb yozgan edi rus tanqidchisi V. Smirnova.

Xususiyatlari

Til
O'zbek
Nashriyot
Oltin Qalam
Nashr joyi
Toshkent
Sahifalar soni
128
Adadi
3000
ISBN
TMP-B03A9D7D
Asarning yaratilgan yili
2024