Rohila
Ushbu kitob muallifi Nabijon Boqiyni o‘zbek kitobxonlari “Qatlnoma”, “Chingiz afandiga maktublar”, “Oonli toshbo‘ron” nomli asarlari bilan yaxshi tanishadi. Adib mazkur kitoblari orqali tariximizning ayanchli davrlarini qalamga olgan. Yozuvchining sevgi-muhabbat mavzusida ham bir qancha asarlari mavjud bo‘lib, ular o‘zbek adabiyotida alohida o‘ringa ega. Ushbu asarlarda bir-biriga ko‘ngil qo‘ygan taqdir egalarining ayanchli hayoti, muhabbat yo‘lidagi iztiroblari ishonarli tarzda tasvirlangan. Haqiqiy ijodkor qaysi mavzuda bo‘lmasin, yuragidan o‘t- kazib, voqelikni bor bo‘y-basti bilan tasvirlay oladi. Yozuvchi N.Boqiyning tarixiy asarlari qay darajada olqishga sazavor bo‘l- sa, siz o‘qishga kirishayotgan ushbu muhabbat qissalari ham shu darajada yuksak mahorat bilan yozilgan. Sizga maroqli mutolaa tilaymiz, aziz kitobxon!
