QUYOSH HALI BOTMAGAN
QUYOSH HALI BOTMAGAN
Kitobxonlar tanlovi

QUYOSH HALI BOTMAGAN

Taqdirning ishlari qiziq. U odamni oʻz hech qutmagan, hatto xayoliga ham keltirmagan yoʻllardan yurgizadi. Baʼzan yaqinim deb yurganlardan uzoqlashtirib, baʼzida borligʻi koʻngli koʻchashidan ham oʻtmagan kishilar bilan yalakay maqsadlar ajralmas qilib qoʻyadi. Olam va odamga qarashlari hamda ifoda yoʻsinidagi oʻziga xosligi bilan ancha tanilib qolgan yozuvchi Luqmon Boʻrixonni juda kech tanidim. Luqmon bilan ilk bor koʻrishganimda u qator qissa va hikoyalar chiqargan, hatto "Jaziradagi odamlar" romanini yozib, qoʻlyozmasini kimga oʻqitishni bilmay yurgan tuzukkina ijodkor edi. 2003-yilning kuzi edi, shekilli, qay bir kursdagi saboqdan toliqibroq chiqqan, ikki yigit kutib turgan ekan. Uzuroqroq yoʻli- sini tanigandim boʻldim: sheʼrlari surati bilan yaqinda "OʻZAS"da chiqqan va bitiklari samimiyati hamda kutilmagan tashbihlariga boyligi tufayli menga juda yoqib qolgan Alisher Nazar. Yonidagi boʻyi oʻrtadan pastroq, ammo xuddi kurashchi polvonlar kabi yelkador, taroqqa boʻy bersmas sochlari tikraygan, turqi-tarovatidan sahroning bolasi ekanu shundoqqina bilinib turgan qoracha yigitni Alisher menga tanishtirdi: yozuvchi Luqmon Boʻrixon! Yozuvchi inimizning tabiat zeb berishga unchalik ham hafsala qilmagan dagʻalligina yuzidagi katta-katta, xayolchan koʻzlari kishi eʼtiborini oʻziga tortardi.

0kitobxon saqlab qo‘ygan
0kitobxon o‘qib qaytargan

Xususiyatlari

Til
O'zbek
Nashriyot
Oltin Qalam
Nashr joyi
Toshkent
Sahifalar soni
304
Adadi
3000
ISBN
9789970726576
Asarning yaratilgan yili
2024
JanrlarQissalar