

QANDAY QULLIK TUSHDI
Munavvarqori Abdurashidxonov — Markaziy Osiyo jadidchilik harakatining yoʻlboshchilaridan, XX asr oʻzbek milliy matbuoti va yangi usul maktablari asoschisi, yangi milliy teatr tashkilotchilaridan biri, adib va shoir. U ushbu jadid maktabini ochgan va shu maktablar uchun maxsus oʻquv dasturini tuzgan, darsliklar yozib dars bergan. Munavvarqori Abdurashidxonov ijtimoiy-pedagogik faoliyat bilan birga badiiy ijod bilan ham shugʻullangan. Uning ixcham hikoyalari, talabgina sheʼrlari oʻsha davrdagi matbuot va oʻquv-ligan hamda yozgan darsliklarga kiritilgan. Shuningdek, u oʻzbek publitsisti adib sifatida tanilgan. Misralarida inson va jamiyat, din va dindorlik, axloq, mustamlakachilik va hurriyat, ziyolilik, uyushma, tashkilot, davlat idorasi masalalariga alohida eʼtibor qaratgan. Munavvarqori Abdurashidxonov oʻz faoliyati davomida pedagogik, matbuotchilik, muharrirlik, adiblik bilan cheklanmay, jiddiy siyosiy faoliyat ham olib borgan. Ushbu kitobdan uning maktablar uchun yozilgan tarix va geografiyaga oid asarlari, ij- timoiy-siyosiy va milliy ruhdagi maqola hamda hikoyalari oʻrin olgan.
Xususiyatlari
- Til
- O'zbek
- Nashriyot
- Yoshlar matbuoti
- Nashr joyi
- Toshkent
- Sahifalar soni
- 192
- Adadi
- 2000
- ISBN
- 9789910921186
- Asarning yaratilgan yili
- 2024