Oyning yorugʻ kunlari
Biz hayotda oʻzimizcha bir nimalar qilishga odatlanganmiz, odatlarimiz ortidan maʼlum sifat va fazilatlarni shakllantirganmiz. Ruhiyatimizni xislatlar ichidagi eng muhim boʻlgan sifat – sabr qilishga majburlashim ham oʻrganishimiz kerak. Ixtiyorimizdan tashqarida Yer aylanaveradi, tabiat oʻz qoidalari tartibi asosida rivojlanaveradi. Hatto ishlarimiz orqaga ketib, nazarimizda hamma narsa teskari aylanayotgandek boʻlib koʻringan paytda ham vaziyat va sharoitlar biz insonlarga sezilmaygan holda shakllanayotgan, davom etayotgan boʻladi. Ana shu hayotni kechimlar oqimida sabr, bardosh degan kuchli ruhiy quvvatni orttira olsak, bir kun kelib, yaʼni bizga kerak boʻlgan vaqtda oʻz natijasini beradi. Axir hayot qiyinchiliklari abadiy emas, chidam, sabot orqali undan oʻtib ketish oson, keksalar aytganidek, oyning oʻn besh qorongʻi kunidan soʻng, albatta, yorugʻ, charogʻon kunlardan iborat quvonchli oʻn besh kuni ham keladi.
