Oy va Sariq Chaqa
Oy va Sariq Chaqa
Kitobxonlar tanlovi

Oy va Sariq Chaqa

Inson ruhan tanazzulga yuz tutmasligi, oʻzining yashirin shaxsiyatini asl «meni»ni yoʻqotib qoʻymasligi uchun keskin burilish yasashga kim topishi va qatʼiy qaror qabul qilishga hech narsa, hatto vaqt ham toʻsqinlik qilmasligi lozim. Ha, hech qachon «endi kech» tamoyilam koʻhnarib qolmang. Sizni harakatsizlantirib qoʻygan qobiqlar, aldanib qolmang. Zerikarli qonun-qoidalar, omma uchun odatiy boʻlib qolgan qoliplardan halos boʻling. Eng muhimi, oʻzligingizga qarshi yashamang. Asar qahramonlaridan hayotda ekanligini payqagandirsiz?! Romanning bosh qahramoni qirq yoshli Charlz Striklend asli savdo olami kishisi boʻlsa-da, oʻzida sanʼatga nisbatan ilohiy quvvat his etadi. Bu yilda u hatto oilasidan ajrashgan holda Parijga borib sanʼatkorlik faoliyatini boshlaydi. Uning oʻz yoʻliga sodiqligi, oʻziga xos tasvirlash mahorati kitobxonni jalb etadi. Striklend, tom maʼnoda ilohiy qobiliyat sohibi edi, lekin sanʼat undan yaxshigina talab qiladi. Uning oʻz ayoli va farzandlarini yolgʻizlatib ketishi hamda ogʻir damda koʻmakdosh boʻlgan qadrdoni Dirk Struve muhabbatlariga aks taʼsir koʻrsatishi, ayni paytda Blansh Struve muhabbatiga nisbatan adolatsizligi, uning hayotiga zomin boʻlishi bassom qismatining naqadar murakkab ekanligini koʻrsatadi. Striklend instinktlarga boʻysunmaydi, u uchun ijtimoiy talablar mutlaqo ahamiyatsiz. Asar davomida qahramon hech vaqozsiz-sariq chaqasiz tasvirlanadi-da, ammo hayotining soʻngida insoniyatga daxldor, mukammal sanʼat asari yaratib ketadi.

0kitobxon saqlab qo‘ygan
0kitobxon o‘qib qaytargan

Xususiyatlari

Til
O'zbek
Nashriyot
Янги аср авлоди
Nashr joyi
Тошкент
Sahifalar soni
272
Adadi
1000
ISBN
9789943208933
Asarning yaratilgan yili
2021
JanrlarRoman