

Oxirzamon nishonalari
Chinakam oʻquvchi kitobni qoʻliga olgach, oʻzini kashf etadi, oʻzidagi yashirin istedodini – hamdardlik, odamiylik istedodini yuzaga chiqaradi. Agar baʼzi-baʼzida shu hol yuz beradigan boʻlsa, demak, kitob oʻz ishini bajaribdi – boshqalarning fikri, tuygʻusi, orzusi va xatti-harakatiga aylanibdi. Demak, u oʻquvchilarning imtilish va irodasi bilan nimalardir qila oladi – xalq, hayot va dunyoni yaxshi tomoniga silta biladi. Haqiqatdan ham Chingiz Aytmatov inson tuygʻularini zabt eta olgan yozuvchi. Uning har bir kitobi noyob sanʼat asari. Shuning uchun ham ijodkor dunyoning sevib oʻqiladigan 10 ta adiblaridan biridir. Uning yozganlari bugun yo erta oʻqiladigan asarlar emas, ular asriy asarlar, ularni qaysi zamonda oʻqishsa ham, xuddi oʻsha vaqtning oʻzida bitilganidek qoladi. Yozuvchining bir gapi bor: «Men barchaga – gʻarbliklarga ham, sharqliklarga ham birday taalluqli mavzularga qoʻl urishni istayman». Bizningcha, bu fikrning yoniga – barcha zamonlarga taalluqli» jumlasini ham qoʻshib qoʻy-sak, u yanada toʻkisroq boʻladi.
Xususiyatlari
- Til
- O'zbek
- Nashriyot
- Global Books
- Nashr joyi
- Toshkent
- Sahifalar soni
- 320
- Adadi
- 3000
- ISBN
- 9789943863552
- Asarning yaratilgan yili
- 2024