Kitobxonlar tanlovi

O'TKAN KUNLAR

Abdulla QODIRIY – maʼlum va mashxur shoir va yozuvchi, oʻzbek adabiyotida roman janri asoschisi. Abdulla Qodiriy oʻz davrining ilgʻor bir ziyolisi sifatida Vatan va millat taqdiri xususida qaygʻurdi. Zamon talotoʻplari adib qalbini iztirobga soldi. “Oʻtkan kunlar” romani orqali xalqning milliy ongini uygʻotmoqchi, “tariximizning eng yirik qora kunlari” – yurtni mustamlaka balosiga yoʻliqtirgan keyingi noahil “xon zamonlari”dan soʻz ochib, bu ayanchli haqiqatdan xalqqa saboq bermoqchi boʻldi. Ushbu asar – bamisoli ulkan va tiniq koʻzgu: unda oʻzbek millatining muayyan tarixiy sharoit, vaziyatdagi turmushi, urf-odatlari, ruhiy-maʼnaviy dunyosining boʻy-basti, qiyofasi keng koʻlamda aniq-ravshan tasvirlangan.

0 ta kitobxon bu asarni saqlab qo‘yishgan
0 ta kitobxon bu asarni o‘qib qaytargan
Til
O'zbek
Nashriyot
Ilm-ziyo-zakavot
Nashr joyi
Тошкент
Sahifalar soni
432
Adadi
1000
ISBN
9789943552494
Asarning yaratilgan yili
2019