OQDAN QIZILGA
OQDAN QIZILGA
Kitobxonlar tanlovi

OQDAN QIZILGA

Ushbu kitob Anifning sheʼriyatdagi ilk izlanishi boʻlsa-da, ayol hislari, erki va isyoni juda goʻzal ifoda etilgan. Tuzilma jihatidan sodda boʻlshi mumkin, ammo ulardagi hissiyotlar chuqur va murakkab. Xususan, muallif yomgʻir, daraxtlar, osmon kabi tabiat obrazlaridan inson hissiyotlarini, uning qalb toʻlqinlarini tasvirlash uchun foydala-nadi. Sheʼrlarida inson hayotining mohiyati haqidagi fikrlar, oʻlim va hayot, vaqtning oʻzi, shaxsning oʻzligi va uning maʼnaviy qiyinchiliklari xususida mulohazalar aks etadi. Shuningdek, ularda hozirgi zamon kishisining ichki qiyinogʻlari, oʻz-oʻzini anglashga boʻlgan intilishi va ichki tazyiqlardan qochishga urinlgan holati koʻzga tashlanadi. Qisqa qilib aytganda, «Oqdan qizilga» inson ruhiyati, ayollik va uning ichki kechinmalar haqida fikr yuritishga va oʻzgarishga undovchi kitobdir.

0kitobxon saqlab qo‘ygan
0kitobxon o‘qib qaytargan

Xususiyatlari

Til
O'zbek
Nashriyot
Янги аср авлоди
Nashr joyi
Toshkent
Sahifalar soni
112
Adadi
2000
ISBN
9789910790805
Asarning yaratilgan yili
2024
JanrlarShe'riyat