

OʻJAR
Abdulla Qahhorning oʻz hikoyachiligini zamonaviy jahon hikoyachiligi darajasiga koʻtardi va oʻzbek realistik hikoyachiligining asoschisi degan nom oldi. Uning hikoyalari, birinchi navbatda, samimiyligi, ishonitirish kuchi bilan kishini hayratda qoldiradi. Yozuvchi tasviridagi hamma narsa hayot hodisasi, aynan boʻlib oʻtgan voqea, real hayotning bir boʻlagi, epizodi boʻlib gavdalanadi. Hikoyalarning koʻpchiligit real hayotiy asosga ega, ular adabning turmushda oʻzi koʻrgan, eshitgan hodisalaridan, tanish kishilar hayotidan olingan. Biroq ular hayotning aynan nusxasi emas. "Agar yozuvchilik turmushdan nussa koʻchirishdan iborat boʻlsa, dunyoda bundan oson ish boʻlmas edi," – deydi adib. – Hayotdan aynan koʻchirish kitobdan koʻchirishday gap. Nusxa nusxa boʻlib qolaveradi. Bunday narsalardan originallik kutib boʻlmaydi. Originallik hayot haqiqatini oldindan oʻtkazish, uni qir qlish, unga oʻylab yurgan gaplarini singdirish, tilaklarinig qoʻshib ifodalash bilan yuzaga keladi". "Abdulla Qahhorning shunday hikoyalari borki, ularni jahon yoshistik adabiyotning eng yaxshi namunalari bilan bir qatorga qoʻyish mumkin", – deb yozgan edi rus tanqidchisi Y. Smirnova.
Xususiyatlari
- Til
- O'zbek
- Nashriyot
- Oltin Qalam
- Nashr joyi
- Toshkent
- Sahifalar soni
- 128
- Adadi
- 3000
- ISBN
- 9789910726538
- Asarning yaratilgan yili
- 2024
