Kitobxonlar tanlovi

ODAMLAR O‘YNAYDIGAN O‘YINLAR

Zamonaviy psixologiyaning asosiy shaxslaridan biri, oʻtgan 100 yillikning eng mashhur psixologlari orasida yuqori mavqega ega – Erik Bern psixoterapiyaning oʻziga xos yoʻnalishi – «tranzaksion tahlil» asoschisi hisoblanadi. Ushbu nazariyaning rivojlanishi olimga dunyoviy shuhrat keltirdi. Mazkur mashhur asar sizga oilaviy munosabatlarni yaxshilash, oʻzingiz va boshqalarning xatti-harakatlari sababini tushunish, insonlar bilan ziddiyatga borishdan qochish va shaxsiy kamolotga erishish asoslarini oʻrgatadi. Kitobda odamlar har kuni ongsiz ravishda oʻynaydigan oʻyinlar ssenariylari, ularni hayotiy vaziyatlarga moslashtirish, odatiy xulq-atvordan xalos boʻlish borasida oʻyinga qarshi strategiyalar haqida bilimlarga ega boʻlasiz.

0 ta kitobxon bu asarni saqlab qo‘yishgan
0 ta kitobxon bu asarni o‘qib qaytargan
Til
O'zbek
Nashriyot
Yangi asr avlodi
Nashr joyi
Тошкент
Sahifalar soni
224
Adadi
2000
ISBN
9789943209817
Asarning yaratilgan yili
2023