Kitobxonlar tanlovi

NURLI CHO'QQILAR

„O‘g‘ri“, „Bemor“, „Dahshat“, „Anor“, „Nurli cho‘qqilar“, „Kim aybdor“… Mazkur hikoyalar ketma-ket tilga olinganida darhol xayolimizga Abdulla Qahhor nomi keladi. Adibning kichik hajmli hikoyalarda g‘oyat katta maʼnolarni yorita olgani har qanday adabiyot ixlosmandlarining eʼtiborini tortmay qolmaydi. Yozuvchining so‘z bilan ishlash sanʼati har bir yosh qalamkashga o‘ziga xos dasturilamal bo‘la olishi shubhasizdir. Hikoyalarning har qayta o‘qilishi kitobxonga yangidan-yangi maʼno qirralarini ochib beradi. Shularni inobatga olgan holda yurtimiz kitobxonlarini maʼlum-u mashhur hikoyalar mutolaasiga yana bir bor taklif etamiz!

0 ta kitobxon bu asarni saqlab qo‘yishgan
0 ta kitobxon bu asarni o‘qib qaytargan
Til
O'zbek
Nashriyot
Read book
Nashr joyi
Toshkent
Sahifalar soni
160
Adadi
2000
ISBN
9789910931734
Asarning yaratilgan yili
2024