Kitobxonlar tanlovi
NUR BORKI, SOYA BOR
Yosh qalamkash Sherzod kasalxonaga tushadi-yu, hamma narsani pul bilan o‘lchaydigan Sayfi Soqiyevich bilan hamxona bo‘lib qoladi. Tabiatan sofdil, pok e’tiqod bilan yashashga o‘rgangan Sherzod «dunyoda yo zaring bo‘lsin, yo zo‘ring» degan shior bilan yashaydigan bunday odamlardan nafratlanadi, ikkovlarining o‘rtasida keskin ziddiyat tug‘iladi... Yozuvchi O‘tkir Hoshimovning «Nur borki, soya bor» romanida zamondoshlarimizning pok e’tiqod uchun kurashi tasvirlangan. O‘tkir Hoshimov tiniq tasviri, qahramonlar ruhiy olamini chuqur yechishi, tilining ravonligi bilan kitobxonlar mehrini qozongan yozuvchi. Qo‘lingizdagi asar uning birinchi romani. Bu asar ham sizni hayajonga soladi, deb o‘ylaymiz.
0 ta kitobxon bu asarni saqlab qo‘yishgan
0 ta kitobxon bu asarni o‘qib qaytargan
Til
O'zbekNashriyot
Ilm-ziyo-zakovatNashr joyi
ToshkentSahifalar soni
256Adadi
5000ISBN
9789943597501Asarning yaratilgan yili
2019