MITTIVOY VA KARLSON
MITTIVOY VA KARLSON
Kitobxonlar tanlovi

MITTIVOY VA KARLSON

Qoʻlingizdagi ushbu kitob shved adibi Astrid Lindgren (1907-2002) qalamiga mansub "Lillebror och Karlsson på taket" sarguzasht asarining rus tili orqali (ingliz tilidan rus tiliga Nina Leonidovna Daruzes "Малыш и Карлсон, который живёт на крыше" tarjima qilishgan) Husan Roʻzimetov tomonidan "Mittivoy va Karlson" nomi ostida tarjima qilingan koʻrinishidir. Shuni bilingki, badiiy asarni tarjima qilish (ayniqsa, turkiy tillarga mansub boʻlmagan tildan tarjima qilish) shu asarni qaytadan yozish bilan teng qiyinchilikka ega. Shu tildagi iboralarni soʻzlarni, jumlalarni yoki maqol matallarni maromiga yetkazib tarjima qilish juda mushkul ish hisoblanadi. Chunki bunda tarjimondan bevosita eng kamida ikkita xorijiy tilni mukammal bilish, shuningdek, oʻsha til egalari – xalqning turmush-tarzi, etnografiyasini, madaniyatini va tarixini mukammal bilish talab etiladi. Shuning uchun Husan Roʻzimetov ham doimo xalqimizning, ayniqsa, oʻquvchi yoshlarimizning tahsin-u tashakkuriga sazovor boʻlgan. Biz ham shular qatorida tarjimon – Husan Roʻzimetovdan ushbu xizmatlari uchun behad xursandmiz! "Mittivoy va Karlson" asari – jahon adabiyotining oʻlmas durdonalaridan biri hisoblanadi. Ushbu asar vatanimizda ham bir necha bor qayta chop etilgan. Chunki har doim bu kitobga talab katta boʻlgan va yosh bolalarning sevimli adabiyotlaridan biri hisoblangan. Ushbu kitob ilk bor oʻzbek tilida 1988-yilda chop etilgan. Bu davrdagi nashrida ayrim soʻz va jumlalarning ma'nosi izohlanmagan yoki ruscha soʻzlar, yoki baynalmilal jumlalar orgali berilgan edi. Bu holat bilan biz tarjimonlarni yoki oʻsha davr nashriyoti xodimlarini kamsitish fikridan yiroqmiz. Faqat hozirgi davr kitobxonlarining talab va iltimoslariga asosan asar tarjimasiga qoʻshimcha iqtiboslar kiritildi va asar hozirgi oʻzbek adabiy tili qoidalari asosida qayta tahrirlandi.

0kitobxon saqlab qo‘ygan
0kitobxon o‘qib qaytargan

Xususiyatlari

Til
O'zbek
Nashriyot
Oltin Qalam
Nashr joyi
Toshkent
Sahifalar soni
304
Adadi
3000
ISBN
9789910513398
Asarning yaratilgan yili
2026