Kitobxonlar tanlovi

MEHROBDAN CHAYON

ADABIYOT MEROSIDAN ADABIYOTZamonning talabi katta, shiddati esa tez. Bugunning yangi kashfiyotlari hayotga toʻla taassurotingizni ariyay turib boshqa bir yangilik sizni oʻz sirliligiga tortishi ham bor gap. Albata, yangi-yangi ixtirolar, hayotimizga kirib kelayotgan turli texnika vositalari mehnatimizni yengillashtirish, har jabbada bizning imkoniyatlarimizni oshirishni ayni haqiqat. Ammo jamiyat hayotida qanchadan qancha kashfiyotlar qilinmasin inson maʼnaviyati dunyosining rivojida kitobning oʻrni beqiyos. Kishi ruhiyatining maʼnan boyishida, xalqparvarlik, diyonat, olijanoblik, insoniy fazilatlarning kamol topishida hech bir zamon ixtirosi adabiyotchalik kuchga ega emas. Zeror, yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 13-sentabrdagi «Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targʻib qilish boʻyicha kompleks choratadbirlar dasturi toʻgʻrisidagi» Qarori ham hozirgi kunimizda yosh avlod tarbiyasi yoʻlida adabiyotning muhim ahamiyat kasb etishini koʻrsatadi.Adibning qoʻlingizdagi ushbu — «Mehrobdan chayon» romani yillar oʻtsa-da oʻz badiiy qimmatini yoʻqotgan emas va yoʻqotmaydi ham. Mazkur asarni oʻqir ekansiz muallif bejizga shunday nom tanlamaganiga iqror boʻlasiz. Bilamizki, mehrob — masjid ichida uning qibla tomonidagi devorida taxmon shaklida qurilgan joy boʻlib, namoz shu tomonga qarab oʻqiladi. Shu bilan bir qatorda ushbu soʻz joyning yuqori, toʻgʻri qismi maʼnosiga ham ega. Demak, taʼbir joiz boʻlsa, bu asarki, kerakli namoz oʻqiladigan joyda ham, aytaylik, devorlarning toʻgʻri ham millatparvar, xalq dardi bilan yashovchi, oʻz manfaatidan koʻra millat manfaatini ustun biluvchi din peshvolari, ziyolilar oʻrnida. Bunday insonlar yurt istiqbolining mashʼalasida boʻlishi darkor. Ammo Qodiriy tili bilan aytadiganimiz — tariximizning «eng kir va qora kunlari»da mehroblardan joy oluvchi «lumo»lar xalq dardi bilan yashamadi. Ular Xudoyorxon zulmiga qarshi chiqish oʻrniga uning zulmkor siyosatining tayanchi kuchi boʻlib qoldilar. Bu haqda romanning muvoziga izoh bera turib muallif «...Xudoyorning bu yoʻldagʻi (zulmkor siyosati nazarda tutilmoqda – R. A.) birinchi istinodgohi (yaʼni asosiy tayanchi) boʻlgʻon «ulamolar», ularning ichki-tashqi ahvoli, axloqi..., ulamoda insoniy his bitkanligi va gʻol va ahli ham xabosat

0 ta kitobxon bu asarni saqlab qo‘yishgan
0 ta kitobxon bu asarni o‘qib qaytargan
Til
O'zbek
Nashriyot
Oltin Qalam
Nashr joyi
Toshkent
Sahifalar soni
288
Adadi
3000
ISBN
9789943750571
Asarning yaratilgan yili
2024