

JALOLIDDIN MANGUBERDI
Inson hayoti davomida unga berilgan umrni behuda ish-larga sarflamasdan, o'ziga va o'zgalarga foydasi tegadigan ezgu amallarga intilishi, Vatanini himoya qilishi va xalqi oldida muqaddas burchini bajarmoq'i lozim va shartdir. Bunday yuksak tuyg'u va sharafli vazifalarni yanada mu-kammal his etish uchun insonga hayotning o'zi ustozlik qilishi bilan birga, tarixda yashagan mard va jasur kishilarning hayotini o'rganish hozirgi avlod asosiy vazifalaridan biridir. Mana shunday dovvurak bobokalonimiz, Xorazmshohlar davlatining buyuk qahramoni hatto mo'g'ullar tan bergan sarkarda Sulton Jaloliddin Manguberdining hayoti barcha uchun qiziq, albatta. Mahmud Nazarovning "Jaloliddin Manguberdi" tarixiy romani yillar davomida o'rganilgan manbalar, tarixiy asar-lar va rivoyatlar asosida yagona kitobga jamlangan bo'lib, unda yurtparvarlik, jasurlik, sadoqat, ozodlik uchun kurash hamda yuksak axloqiy tuyg'ular bayon etilgan. Ushbu asar o'quvchiga ko'plab ma'lumotlar berishi bilan birga, ajdod-larga bo'lgan ehtirom naqadar ulug' ekanligini anglatadi. Bu ulug'likni mutolaa davomida yanada teranrog' his etasiz.
Xususiyatlari
- Til
- O'zbek
- Nashriyot
- Ochun
- Nashr joyi
- Toshkent
- Sahifalar soni
- 344
- Adadi
- 2000
- ISBN
- 9789910989384
- Asarning yaratilgan yili
- 2024