

HAYRAT HAYQIRIGʻI
“Hayrat hayqirigʻi” haqida Omon Shoir Abdulla qadim Shofirkonning Sarvak qishlogʻida tugʻilgan “Oʻtda yongan kun”, “Sogʻinch azobi”, “Nafjat farshigasi”, “Yonayotgan maktub” sheʼriy kitoblari chop etilgan. Bir necha yil matbuot sohasida xizmat qilgan qalamkashning sheʼrlari ayni damda mahalliy va markaziy nashrlarda yoritilayapti. U ijodkor marifchilarning Parkent va Shahrisabzga oʻtkazilgan Respublika koʻrik-tanlovlari sovrin-dori. “Ijodkor oʻqituvchi” koʻkrak nishoni sohibi. Qoʻlingizdagi “Hayrat hayqirigʻi” kitobi esa Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi aʼzosi, shoir Omon Abdullaning keyingi yillarda yozgan bitiklaridan dastalangan beshinchi sheʼriy guldastasidir. Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi aʼzosi, shoir Omon Abdulla yoshlarga adabiyotdan saboq berish bilan bir qatorda koʻplab sheʼriyat shaydolarini “Neʼmatdek” adabiy toʻgaragi atrofiga jamlab, ularga murabbiylik qilmoqda. Uning shogirdlari orasida fan nomzodlari, yetuk jurnalistlar, fan doktorlari, Zulfiya nomidagi Respublika davlat mukofoti sohiblari bor. Quvonchlisi shundaki, qalamkashning koʻplab sheʼrlari mahalliy va nomdor sanʼatkorlar tomonidan qoʻshiq qilib qoʻylab… kelinmoqda. Sheʼrlarida Vatan, ona, sevgi va muhabbat mavzularini tarannum etishga intiladi. Nur, billur toʻgʻri, kiyom navvot! Hayrat bir quchoq, lahza! Eng uzun yoʻl! Hayrat – sogʻinchga chaqnagan koʻz, shiraga botirialgan soʻzdir. Ana shunday boʻlganda kiyin hayqiriq ham oxorli, tahoratli boʻladi. “Hayrat hayqirigʻi” sheʼrlar kitobi ana shu doqizaliklar, samimiyat, ezgulik va muhabbat haqida soʻzlaydi sizga. Bu toʻplam ham siz, aziz muxlislarga manzur boʻladi degan umiddamiz!
Xususiyatlari
- Til
- O'zbek
- Nashriyot
- Buxoro nashriyoti
- Nashr joyi
- Buxoro
- Sahifalar soni
- 155
- Adadi
- 1500
- ISBN
- TMP-B10AD5C7
- Asarning yaratilgan yili
- 2007