Kitobxonlar tanlovi

Dashtu dalalarda

Ezgulikka yoʻgʻrilgan qalb olamni rang-barang tusda his qiladi. U hatto olamda mavjud boʻlmagan ranglarni ham tuya biladi va dunyoga, tiriklik olamiga shu ranglar orqali boqadi. Bunday kishilarning insoniy burch haqida- gi ezgu tushunchalari hamisha kishilik dunyosini nurlan- tirib, jilolantirib turadi. Buning aksi boʻlgan kishi- lar esa bu olamda faqat oq va qora ranglarninggina farq- laydi va hayotga boʻlgan munosabati ham shunga yarasha boʻladi. Insoniyat yuzaga kelibdiki, mana shu ikki qutb oʻrtasida kurash boradi. Xoʻsh, bu qanaqa kurash va uning cheki-chega- rasi bormi? Siz bu savolga taniqli yozuvchi Normurod Nor- qobilovning ushbu kitobidan javob topasiz. Adib bu ro- manida tiriklikni tebratuvchi qator tuygʻularni goʻzal bir yoʻsinda ochib bera olgan.

0 ta kitobxon bu asarni saqlab qo‘yishgan
0 ta kitobxon bu asarni o‘qib qaytargan
Til
O'zbek
Nashriyot
O'zbekiston
Nashr joyi
ТОШКЕНТ
Sahifalar soni
224
Adadi
3000
ISBN
9789943013346
Asarning yaratilgan yili
2009

Janrlar