Chili loyihasi
Chili loyihasi
Kitobxonlar tanlovi

Chili loyihasi

“Chili loyihasi” - kitobda XX asrning ikkinchi yarmida Chili davlatida shakllangan iqtisodiy siyosat va uning mamlakat taraqqiyotiga ta’siri tarixiy-iqtisodiy nuqtayi nazardan tadqiq etilgan. Muallif 1950-yillar o‘rtalarida Chili universiteti iqtisodchilarining Chikago universiteti bilan hamkorligi asosida boshlangan loyihadan tortib, «Chikago yigitlari»ning mamlakat iqtisodiy siyosatini belgilashdagi ishtirokigacha bo‘lgan jarayonni izchil yoritadi. Asarda Pinochet hukmronligi davrida amalga oshirilgan xususiylashtirish, deregulyatsiya, savdo va moliya sohalarini liberallashtirish kabi islohotlar, ularning iqtisodiy natijalari hamda ijtimoiy oqibatlari tahlil qilinadi. Muallif, shuningdek, 1980-yillar boshidagi iqtisodiy inqiroz, undan keyingi siyosat o‘zgarishlari va demokratiya tiklanganidan so‘ng Chilining iqtisodiy modelini qayta shakllantirish jarayoniga alohida e’tibor qaratadi. Kitobda 2019-yildagi ommaviy noroziliklar va keyingi siyosiy o‘zgarishlarni ushbu iqtisodiy modelning uzoq muddatli oqibatlari kontekstida ko‘rib chiqilgan. Asar Chili tajribasi misolida bozorga asoslangan iqtisodiy islohotlarning shakllanishi, natijalari va chegaralarini anglashga imkon beruvchi keng qamrovli tarixiy-iqtisodiy tadqiqotdir.

Sebastyan Edvards FigueroaMuallifSebastyan Edvards FigueroaSebastyan Edvards — xalqaro moliya va makroiqtisodiyot bo‘yicha taniqli iqtisodchi. U Chili Katolik universitetida iqtisodiyot bo‘yicha tahsil olgan, keyinchalik Chikago universitetida magistr va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini olgan. Hozirda Kaliforniya universitetining Los-Anjeles kampusida (UCLA) Henry Ford II nomidagi xalqaro iqtisodiyot bo‘yicha faxriy professor hisoblanadi.Edvards xalqaro moliya, iqtisodiy islohotlar, rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti va Lotin Amerikasi taraqqiyoti masalalariga bag‘ishlangan ko‘plab ilmiy tadqiqotlar muallifidir. U 1993–1996-yillarda Jahon bankining Lotin Amerikasi va Karib havzasi bo‘yicha bosh iqtisodchisi lavozimida ishlagan. Shuningdek, turli hukumatlar, xalqaro moliya institutlari va yirik kompaniyalarga maslahatchilik qilgan.Olimning eng mashhur asarlaridan biri — “Chili loyihasi: Chikago bolalari tarixi va neoliberalizm tanazzuli” (The Chile Project: The Story of the Chicago Boys and the Downfall of Neoliberalism) kitobidir. Unda muallif Chilida erkin bozor iqtisodiyoti modelining shakllanishi, “Chicago Boys” nomi bilan tanilgan iqtisodchilar guruhi faoliyati hamda neoliberal siyosatning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini tahlil qiladi. Asarda Chili iqtisodiy tarixi bilan bir qatorda, XX asrning ikkinchi yarmida jahon iqtisodiy siyosatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan g‘oyalar evolyutsiyasi ham yoritilgan.Sebastyan Edvards 15 dan ortiq kitob va 200 dan ziyod ilmiy maqola muallifi bo‘lib, uning tadqiqotlari xalqaro iqtisodiyot va iqtisodiy siyosat sohalarida muhim ilmiy manbalar qatoriga kiradi. U Lotin Amerikasi iqtisodiyoti, iqtisodiy islohotlar va global moliya tizimi bo‘yicha taniqli tadqiqotchilardan biridir.
0kitobxon saqlab qo‘ygan
0kitobxon o‘qib qaytargan

Qaysi kutubxonalarda bor

Tez kunda kutubxonalarda

Kitob katalogga qo‘shilgan va tez orada kutubxonalarga yetib keladi. Shundan so‘ng uni shu yerdan band qilishingiz mumkin bo‘ladi.