

Amerika fojiasi
Teodor Drayzerning eʼtiboringizga havola etilayotgan ikki qismdan iborat yirik «Amerika fojiasi» romani hamisha butun dunyoni oʻz gʻoyalari atrofida birlashtirishga uringan gigant davlat – Amerikada oʻsha vaqtlarda yuz bergan voqelikni keng qamrab olganligi, voqealarning izchilligi bilan hamisha kitobxonlar eʼtiborini oʻziga jalb etib kelgan. Asarning bosh qahramoni Klayd Grifits kambagʻal oilada tugʻilib-oʻsgan yigit. Uning boylik orttirish yoʻlida qilgan har qanday qingʻir ish-nojoʻya xatti-harakatlari, bu yoʻlda hech qanday qingʻir ishlardan qaytmasligi va uni shunday ishlarni qilishga qoʻyib bergan tabiati – yuzsizligi, shafqatsizligi kabilar bir qahramon timsoli orqali oʻsha davr Amerika muhiti haqida oʻquvchida yaxlit tasavvur paydo qiladi.
Xususiyatlari
- Til
- O'zbek
- Nashriyot
- O‘qituvchi nashriyot-matbaa ijodiy uyi
- Nashr joyi
- Тошкент
- Sahifalar soni
- 544
- Adadi
- 10000
- ISBN
- 9789943221956
- Asarning yaratilgan yili
- 2018