Kitobxonlar tanlovi

AGAR OSHIQLIGIM AYTSAM

Hurmatli kitobxon! Muhabbat haqida juda ko‘p ta’rif-tavsiflar aytilgan. Hazrat Navoiyning shunday shohbayti bor: Bulmasa ishq, ikki jahon bo‘lmasun. Ikki jahon demaki, jon bo‘lmasun. «Muhabbat, bu — eski narsa, ammo har bir yurak uni yangilaydi» degan purma’no hikmat ham mashhurdir. Darhaqiqat, donolar xayotning asl ma’nosi — muhabbat deya e’tirof etganlar. Bu e’tirofda mubolag‘a yo‘q. Muhabbat — insondagi eng yaxshi xislatlarning jamuljamidir. U barcha tuyg‘ularning eng qudratlisi! Muhabbat shu qadar qudratliki, u o‘zimizni ham qaytadan yaratadi. Sevish va sevilish — buyuk baxt! Ushbu to‘plamda taniqli yozuvchi Shodmon Otabekning muhabbat haqidagi hikoyalari jamlangan. Hikoya qahramonlarining ko‘ngil kechinmalari, muhabbat iztiroblari Sizni befarq qoldirmaydi degan umiddamiz.

0 ta kitobxon bu asarni saqlab qo‘yishgan
0 ta kitobxon bu asarni o‘qib qaytargan
Til
O'zbek
Nashriyot
O'zbekiston
Nashr joyi
Toshkent
Sahifalar soni
168
Adadi
3000
ISBN
9789943284685
Asarning yaratilgan yili
2016