

ADADSIZ AZOB
Normurod Norqobilov hozirgi kunda samarali ijod qilayotgan qalamkashlardan biridir. Adibning e’lon qilinayotgan qissa, hikoyalaridagi obrazlarning oʻziga xosligi, qahramonlarning quvonch-u iztiroblari, xalqona va shirali tili kitobxonlar nazariga tushdi. Yozuvchining kitoblari oʻquvchilar mehrini qozondi. „Adadsiz azob“ nomli qissada muallif tasodifan cheksiz boylikka ega chiqqan Nodir cholning tashvish-u oʻylarini qalamga olgan. Turmush oʻrtogʻidan erta ayrilgan bu qariyaga yolgʻizlikdan azoblanadi. Buning ustiga Norqoʻzi polvondan qolgan tillolar fikr-u oʻyini band etgan. Yozuvchi bu asarida boylik har doim ham insonga baxt keltiravermasligini, asl baxt insonlarning, ay-niqsa farzandlarning mehr-u oqibatida ekanligi yorqin boʻyoqlarda tasvirlab bergan. Shunungdek, ushbu toʻplamdan Normurod Norqobilovning eng sara hikoyalari ham oʻrin olgan.
Xususiyatlari
- Til
- O'zbek
- Nashriyot
- Read book
- Nashr joyi
- Toshkent
- Sahifalar soni
- 128
- Adadi
- 2000
- ISBN
- 9789910917967
- Asarning yaratilgan yili
- 2024