

Xalqlarning boyligi Uchinchi kitob
Adam Smitning "Xalqlarning boyligi" asari zamonaviy iqtisodiyot faniga asos solgan va erkin bozor munosabatlarini ilmiy jihatdan asoslab bergan tarixiy fundamental asardir. Muallif davlatning iqtisodiyotga aralashuvini cheklash zarurligini ta'kidlab, iqtisodiy taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchi "ko'rinmas qo'l" – ya'ni shaxsiy manfaatdorlik va erkin raqobat ekanligini isbotlab beradi. Kitobda mehnat taqsimoti, kapital jamg'arish va xalqaro erkin savdo kabi tushunchalar orqali davlatlarning qanday qilib farovonlikka erishishi chuqur tahlil qilingan. Mazkur asar iqtisodiyot, siyosatshunoslik va huquq tarixiga qiziqqan, xususan, klassik iqtisodiy nazariyalar hamda bozor mexanizmlari qanday shakllanganini o'rganayotgan mutaxassislar uchun eng muhim boshlang'ich manba hisoblanadi. “Xalqlarning boyligi” uchinchi kitobida turli mamlakatlarning iqtisodiy taraqqiyot tarixi va boylik orttirish yo‘llari tahlil qilinadi. Kitob qishloq xo‘jaligi, savdo, sanoat va iqtisodiy institutlarning rivojlanishi bilan bog‘liq mavzularni o‘z ichiga qamrab olgan. Kitobning asosiy g‘oyasi mamlakatlar taraqqiyoti tarixiy va institutsional omillar bilan chambarchas bog‘liq ekanligini ko‘rsatishdan iborat. Asar iqtisodiy tarix va iqtisodiy tafakkur evolyutsiyasini o‘rganayotgan kitobxonlar uchun mo‘ljallangan.
