

Sulton SALOHIDDIN
«...Saltanat maqomini aslo shaxsiy istak-laring uchun qoʻllamagin. Nafs bergan sari toʻymaydigan ochofat yalmogʻizdur, nafsingni jilovlagin. Istaklaring soʻngi boʻlmas, nafs yoʻliga yursang, oxiri halokatdur. Toʻgʻri yoʻlni hech qachon unutma. Sarkardalar, yuksak mavqeda boʻlganlar, sharafli kishilarni izzat qilgin, ularni yaxshi koʻrishingni har fursatda sezdir. Qoʻling ochiq boʻlsin, xasis boʻlmagin, oʻzgalarning fikrini hurmat qil, oʻzbilarmonlik qilmagin. Muhim qaror arafasida turganingda doim xalqning ne tushunganini oʻrgan, yaʼni amaliyotga olgin. Zero, millatni ergashtirmasdan oʻz bilganingni amalga oshirsang, natijasi yaxshi boʻlsa-da, xalqqa xush kelmas. Har bir kishining haq-huquqiga rioya qilgil. Zero, Olloh taolo shafqatli va rahmdil boʻlgani uchun Olloh huquqiga qarshi qilingan xatolarni afv etmogʻi mumkin, ammo-lekin, qul haqqi banda xushhol boʻlmaguncha afv etilmas...»
Xususiyatlari
- Til
- O'zbek
- Nashriyot
- Yangi asr avlodi
- Nashr joyi
- ТОШКЕНТ
- Sahifalar soni
- 208
- Adadi
- 1000
- ISBN
- 9789943205611
- Asarning yaratilgan yili
- 2023