Oraliq bosqich makroiqtisodiyot: Zamonaviy yondashuv
Zamonaviy mikroiqtisodiyotning taniqli namoyandalari Hel Verian va Mark Melits hammuallifligidagi “Oraliq bosqich mikroiqtisodiyot: zamonaviy yondashuv” (*Intermediate Microeconomics: A Modern Approach*) dunyoning ko‘plab universitetlarida foydalaniladigan nufuzli darsliklardan biridir. Asarda iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy qarorlari, bozor mexanizmlari hamda cheklangan resurslarning taqsimlanishi zamonaviy iqtisodiy nazariyalar asosida tahlil qilinadi. Kitobda talab va taklif, iste’molchi tanlovi, budjet cheklovlari, firma nazariyasi, ishlab chiqarish xarajatlari, raqobat va bozor muvozanati masalalari keng yoritilgan. Shuningdek, iste’molchilarning afzalliklari, foydalilik nazariyasi, tavakkalchilik sharoitida qaror qabul qilish, aktivlar bozori va monopoliyalar faoliyati ham o‘rganiladi. Mualliflar bozor ishtirokchilarining xatti-harakatlarini matematik modellar, grafiklar va amaliy misollar orqali tushuntirib, iqtisodiy qarorlarning narxlar, ishlab chiqarish hajmi va resurslar taqsimotiga ta’sirini ochib beradi. Asarda foydani maksimallashtirish, xarajatlarni minimallashtirish, bozor samaradorligi va turli bozor tuzilmalarining iqtisodiy natijalari ham tahlil qilinadi. Kitobning asosiy g‘oyasi iqtisodiy agentlarning qarorlari bozor natijalarini qanday shakllantirishini tushuntirish hamda mikroiqtisodiy nazariyalarni real iqtisodiy vaziyatlarga tatbiq etish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat. Darslik mikroiqtisodiyot fanini chuqur o‘rganayotgan talabalar, o‘qituvchilar va tadqiqotchilar uchun mo‘ljallangan.
