📚 “Yangi Asr Avlodi” nashriyoti InFinBank bilan hamkorlikda nashr qilingan “Pul: bolalar uchun moliyaviy bilimlar” kitobini taqdim etdi. Kitobda byudjet tuzish, pulni tejash, oqilona xaridlar, moliyaviy bilimlar, marketing va reklamaning qanday ishlashi kabi mavzular oson tilda tushuntirilgan.
🏦 Kecha InFinBank tomonidan ushbu kitobning taqdimot marosimi o‘tkazildi. Tadbirda bolajonlar qiziqarli o‘yinlarda qatnashib, ramziy pullarga ega chiqishdi. Jamg‘arilgan pullarga o‘yinchoqlar sotib olishdi.
🏦 InFinBank va “Yangi Asr Avlodi” “Bank va ma’rifat — 2025” forumida memorandum imzolashgan edi. Bank va nashriyotning hamkorlikdagi loyihalari bardavom bo‘lsin!
@bitikonline — birgalikda yaxshiroq!





