XO'P BO'LADI
BOLALAR adabiyotida oʻziga xos xususiyatlari bilan kattalar adabiyotidan farq qiladi. Zotan, bolalar yozuvchisi dunyo voqealarini bolalar tasavvuri, tushunchasini nazarda tutib tasvirlaydi. Shu orqali kichkintoylarni olgʻa intilishga chaqiradi, hayotni chuqur anglash va sevishga yordam beradi. Kichkintoylar uchun yoziladigan har qanday badiiy asar ularning yosh xususiyatlariga, saviyalariga mos, yorqin obrazlarga boy, yuksak gʻoyalarga, ul- kan ishlarga ilhomlantiradigan boʻlishi lozim. Eng muhimi, mavzular tushunarli, sodda tilda ifodalanishi talab etiladi. Zero, bolalar adabiyoti tarbiya vositasi hisoblanib, yoshlarni imon-eʼtiqodli va vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda qudratli quroldir. Yaxshi, aniq, ravon, obrazli, boy til bilan yozilgan asar yozuvchining maqsad va fikrlarini kitobxonlarga tez va oson yetkazadi. Bunday badiiy asarlar kitobxonning ong, fikridan tashqari, nutqiga ham katta taʼsir koʻrsatadi, soʻz
