Kitobxonlar tanlovi
Tungi suhbat
Misrning zabardast yozuvchilaridan biri – senariynavis, dramaturg Najib Mahfuz, asosan, romantizm, realizm, ekzistensializm yo‘nalishlarida ijod qilgan. Uning hikoyalari, qissalari va romanlari son jihatdan ko‘p bo‘lsa-da, mazmun jihatdan bir-biriga aslo o‘xshamaydi. Takrorlanmas voqeliklar va iboralariga, turli syujetlarga boy asarlari uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlangan. Ushbu kitobdagi hikoyalarni mutolaa qilar ekansiz, ham qadriyatlar, ham zamonaviylik, ham xurofotlar qorishgan bir butunlikka duch kelasiz. Ulardagi majoziy ma’nolar, qochirimli iboralar, xulosa chiqarishni kitobxonning o‘ziga havola etish kabi elementlar yozuvchining ijodi haqiqatan ham, tahsinga sazovor ekanini ko‘rsatadi.
0 ta kitobxon bu asarni saqlab qo‘yishgan
0 ta kitobxon bu asarni o‘qib qaytargan
Til
O'zbekNashriyot
Янги аср авлодиNashr joyi
ToshkentSahifalar soni
144Adadi
1000ISBN
9789943209244Asarning yaratilgan yili
2022