Выбор читателей

YULDUZLI TUNLAR

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentabrdagi «Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ib qilish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to'g'risida»gi qarorida yosh avlodning ma'naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg'usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo'lgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e'tibor qaratilgan. Ulug' adib, O'zbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirovning «Yulduzli tunlar» romanini mutolaa qilgan yosh kitobxonlarning ma'naviy olami shunga yarasha bo'ladi. Ushbu nashrning oʻziga xos jihatlaridan biri shundaki, unda bugungi yosh kitobxonlarga ayrim soʻz hamda iboralar yanada tushunarli boʻlmogʻi uchun tegishli va zarur izohlar ham berilgan. Pirimqul Qodirov – oʻzbek adabiyoti va tarixida oʻzining vatanparvarlik mavzusidagi asarlari bilan yaqqol iz qoldirgan buyuk yozuvchi. U Vatanimizning haqiqiy tarixini badiiy shakllantirishga katta hissa qoʻshgan va buni oʻzining “Yulduzli tunlar”, “Avlodlar dovoni” romanlarida yorqin aks ettirgan. Adibning oʻzbek adabiyoti va madaniyati rivoji oldidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib ravishda baholangan. U “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi” va “Oʻzbekiston xalq yozuvchisi” sharafli unvonlariga sazovor boʻlgan. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofotiga loyiq topilgan, “El-yurt hurmati” hamda “Buyuk xizmatlari uchun” ordenlari bilan taqdirlangan.

0 читателей сохранили это произведение
0 читателей прочитали и вернули
Язык
Узбекский
Издательство
Наврўз
Место издания
Toshkent
Количество страниц
576
Тираж
1500
ISBN
TMP-D68F8FC5
Год создания
2019