Yoz Bulutlari
Yoz Bulutlari
Выбор читателей

Yoz Bulutlari

Istalgan vaqtga qaytish imkoni boʻlsa, qaysi yilga qaytgan boʻlarding? Baʼzan vaqt tezroq oʻtishini istaysan, baʼzan esa yashayotgan lahzangda bir umr qolishni. Biz bilan sodir boʻlayotgan voqealar va his etayotganlarimizdan tashqari hech qayerda yoʻqimiz aslida. Kimlar uchundir qadrlimiz, ehtimol, hatto hissiz yashay olmaymiz, ammo dunyoga qarasak, bor-yoʻgʻimiz ahamiyatsiz. Hayot mana shunday. Hikoyamo davom etar ekan, kurashishdan toʻxtamayman. Gap gʻalaba qozonish yoki yoʻqotishda emas, zero hech narsada bundan iborat boʻlmaydi. Hayot faqat kurashdan iboratdir. Baʼzan oʻzing bilan, baʼzan esa mutlaqo boshqalar bilan... Balki muhtasham kunlarni yashay olmasmiz. Balki eng yaqin deb oʻylaganlarimiz uchun ham mavjud boʻla olmasmiz. Mayli. Qoʻshiqlqr aytamiz, filmlar tomosha qilamiz, kitoblar oʻqib, xotiralar toʻplaymiz. Kun kelib sen bilan yonma-yon sohilda oʻtirib, yoz bulutlarini kuzatamiz balki. Balki bizning moʻjizamiz shudir. Nazar solishni bilganlar uchun har narsa moʻjizadir.

0читателей сохранили
0читателей прочитали

Характеристики

Язык
Узбекский
Издательство
Шарк-Зиё Заковат
Место издания
Toshkent
Количество страниц
223
Тираж
3000
ISBN
9789943828162
Год создания
2023