Выбор читателей

YO‘QOLGAN DUNYO

Konan Doyl (1859–1930) ijodida turli mavzularda yozilgan maroqli asarlar nihoyatda ko‘p. Lekin uning fantastik asarlari alohida o‘rin tutadi. Yozuvchi bu janrga qalami qayralib, mahorati kamolga yetgan davrda murojaat etdi. Bu sohada ham yozuvchi barakali meros qoldirdi. Uning o‘n hikoyasi, olti roman va qissasi ana shu janrda yaratilgandir. O‘zining “Yo‘qolgan dunyo”, “Raflz Houning kashfiyoti”, “Zaharlangan kamar” kabi romanlarida Artur Konan Doyl bu janrning novatori sifatida maydonga chiqadi. U ilm-fan kishilarining o‘z ishlariga sadoqat, fidoyiligi bilan qarashlarini tasvirlaydi, ular turli qiyin, najotsiz hollarda ham qutulib ketish uchun kurashadilar va hamisha yaxshilik g‘alaba qilishiga erishadilar. Ular haq ishning g‘alabasi uchun kurashdan tolmaydilar.

0 читателей сохранили это произведение
0 читателей прочитали и вернули
Язык
Узбекский
Издательство
Юрист-медиа маркази
Место издания
Тошкент
Количество страниц
420
Тираж
3000
ISBN
9789943496675
Год создания
2019