Выбор читателей

XAYRAT UL-ABROR

Koʻlingizdagi kitob Alisher Navoiyning “Xayrat ul-abror” dostonining muxtasar sharhi, matni, nasriy bayon va lugʻatini oʻz ichiga oladi. Kitobda maʼnaviy germenevtik va fenomenologik tadqiqot metodlari bilan bir qatorga mumtoz adabiyotimizda mavjud boʻlgan sharh ilmi anʼanalariga suyanilgan. “Xayrat ul-abror” dostoni uchun yoziladigan sharh uch kitobdan iborat va qoʻlingizdagi ikkinchi kitob asarning dastlabki oʻn maqolatini oʻz ichiga olgan boʻlib, filologiya yoʻnalishi mutaxassislari, talabalar va keng kitobxonlar ommmasi uchun moʻljallangan. Nasriy bayonni tayyorlashda bevosita ishtirok etgan va qimmatli maslahatlarini ayamagan shoir, ustoz ijodkor Abdulhamid PARDAEVga samimiy minnatdorchiligimizni izhor etamiz.

0 читателей сохранили это произведение
0 читателей прочитали и вернули
Язык
Узбекский
Издательство
Тамаддун
Место издания
Toshkent
Количество страниц
520
Тираж
1500
ISBN
9789943512054
Год создания
2021