

ULUG' SALTANAT
Sohibqiron Amir Temur davri va hayoti jahon tarixining eng yorqin sahifalaridan hisoblanadi. Oʻzbek xalqining oʻzining ulugʻ farzandini doim qalb qatida asrab-avaylab keladi. Zabardast shoir va adib. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi, Davlat mukofoti laureati Muhammad Ali ijodida Amir Temur mavzusi katta oʻrin tutadi. Mustamlaka zamonidayoq u jasorat koʻrgazib, Sohibqironga bagʻishlangan «Gumbazdagi nur» (1967) dostonini yozgan edi. Adibning toʻrt kitobdan iborat «Ulug' saltanat» roman-epopeyasi Amir Temur hayotining sal kam qirq yillik (1370-1409) davrini qamrab oladi. Qattiq izlanishlar, tadqiqotlar samarasi boʻlgan, yigirma yil davomida(1993-2013) yozilgan «Ulug' saltanat» oʻzbek adabiyotida yaratilgan birinchi roman-epopeyadir. Asar Davlat mukofoti bilan taqdirlangan. Roman-epopeya oʻquvchilar tomonidan sevib oʻqilmoqda.
Характеристики
- Язык
- Узбекский
- Издательство
- ДАВР ПРЕСС НМУ
- Место издания
- Toshkent
- Количество страниц
- 448
- Тираж
- 2000
- ISBN
- 9789943582743
- Год создания
- 2019