

TURKISTON MUXTORIYATI TARIXI
Mazkur monografiyada Turkiston Muxtoriyati tarixi masalalari: mintaqa taraqqiyparvarlarining muxtoriyatchilik harakati, 1917 yilda tashkil topgan milliy siyosiy jamiyatlar va tashkilotlar (“Shu'royi Islomya”, “Ulamo” jamiyati, “Turon”, Turk Adami Markazifaderalistlar firkasi va b.) hamda Turkiston Muxtoriyati hukumati (1917 yil 27 noyabr – 1918 yil 22 fevral) faoliyati, muxtoriyat vazirlari hamda Milliy Majlis a'zolari-ning xayoti va taqdiri yoritilgan. Muallif koʻp yillik ilmiy izla-nishlarni natijasida tariximizda hozirgacha deyarli oʻrganilmagan mavzu – muxtoriyat hukumati va dastlabki parlament a'zolarining xayoti va faoliyatini sinchkovlik bilan tadqiq etgan. Asar arxiv hujjatlari, oʻsha davr matbuoti materiallari, zamondoshlarning xotiralari hamda tarixiy adabiyotning tahlili asosida yaratilgan. Kitob Turkiston Muxtoriyati hukumati faoliyati hamda Oʻzbekiston tarixi bilan qiziquvchi barcha kitobxonlarga moʻljal-langan.
Характеристики
- Язык
- Узбекский
- Издательство
- Фан
- Место издания
- Toshkent
- Количество страниц
- 242
- Тираж
- 2000
- ISBN
- 9789943196810
- Год создания
- 2023